Aniqlanishicha, ushbu YTH joriy yilning 16 iyul kuni sodir etilgan. 2005 yilda tug‘ilgan R.M. haydovchilik guvohnomasiga va boshqa tegishli hujjatlarga ega bo‘lmasdan EQUINOX avtomobilini boshqarib, Toshkent shahar Shayxontohur tumanida Nexia-3 avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Qizig‘i Nexia-3 avtomashinasi haydovchisining ham haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagani aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida ish ko‘rib chiqildi.
Unga ko‘ra, EQUINOX haydovchisi MJtKning 133 va 135- moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybdor deb topildi. Unga nisbatan MJtKning 133 va 33-moddasini qo‘llab BHMning 3 baravari, (990 000 so‘m) MJtKning 135-moddasi 2-qismi bilan BHMning 5 baravari (1 650 000 so‘m) jarima jazosi tayinlandi.
Nexia-3 haydovchisi esa MJtKning 135-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybdor deb topildi hamda unga nisbatan BHMning 5 baravari (1 650 000 so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
YTH sodir etgan ikkala haydovchida ham haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan
Toshkentda Equinox avtomashinasi haydovchisi harakatlanib ketayotgan vaqtda svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan Nexia-3 avtomashinasining orqasidan kelib urgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi.
Pekinda “Ipak yo‘li yoshlari: O‘zbekiston” hujjatli filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi
- Oʻzbekistonda 1 oktabrdan tozalik va ozodalik boʻyicha 2 oylik oʻtkaziladi
- O‘zbekistondagi barcha davlat bog‘chalari xodimlari tekshirilyapti
- 4 mlrd so‘mdan ortiq qiymatdagi birja savdolarida qonunbuzilishlar aniqlandi
- O‘zbekiston mudofaa vaziri Qozog‘iston harbiy xizmatchilari halok bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya bildirdi
- Kimlar kasb va xorijiy til oʻrganish uchun vaucher olishi mumkin?
Oqqo‘rg‘on dalalarida yangi usul — yuqori hosil samarasi
- Xitoydan 121 bosh naslli qoramol olib kelindi
- «Xumo» fermer xo‘jaligi rahbari: «Ilmga yondashsak, kam bo‘lmaymiz»
- Suyultirilgan gaz taʼminoti: tizimga xususiy sektor kirib kelmoqda
- Paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming soʻmdan subsidiya beriladi
- Pedagoglar malaka toifasini olish uchun necha ball toʻplashi kerak?