Aniqlanishicha, ushbu YTH joriy yilning 16 iyul kuni sodir etilgan. 2005 yilda tug‘ilgan R.M. haydovchilik guvohnomasiga va boshqa tegishli hujjatlarga ega bo‘lmasdan EQUINOX avtomobilini boshqarib, Toshkent shahar Shayxontohur tumanida Nexia-3 avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Qizig‘i Nexia-3 avtomashinasi haydovchisining ham haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagani aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida ish ko‘rib chiqildi.
Unga ko‘ra, EQUINOX haydovchisi MJtKning 133 va 135- moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybdor deb topildi. Unga nisbatan MJtKning 133 va 33-moddasini qo‘llab BHMning 3 baravari, (990 000 so‘m) MJtKning 135-moddasi 2-qismi bilan BHMning 5 baravari (1 650 000 so‘m) jarima jazosi tayinlandi.
Nexia-3 haydovchisi esa MJtKning 135-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybdor deb topildi hamda unga nisbatan BHMning 5 baravari (1 650 000 so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
YTH sodir etgan ikkala haydovchida ham haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan
Toshkentda Equinox avtomashinasi haydovchisi harakatlanib ketayotgan vaqtda svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan Nexia-3 avtomashinasining orqasidan kelib urgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi.
Mol‑mulk va yer soliqlari bo‘yicha soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat berish tartibi belgilandi
- Namangan viloyatida tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs fosh etildi
- Buxoroda umumiy ovqatlanish oshxonasida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi
- Samarqand viloyatida daryoda cho‘kayotgan erkak qutqarildi
- O‘zbekiston energetika tizimida elektr energiyasi iste’moli va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari yana oshdi
- Ona va uning 4 nafar farzandi diplomatlar ko‘magida Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarildi
Ilgiz Tantashev Paragvay — Fransiya o‘yini boshqaradi
- Yoshlarga davlat mukofotlari topshirildi
- Tbilisida Alisher Navoiy haykali ochildi
- Profilaktika inspektorlari faoliyati va jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
- Oʻzbekiston Prezidenti Gruziyaga keldi
- Prezidentimiz yoshlar bilan uchrashib, yangi tashabbuslarni ilgari surdi