Buxoro tumani «Rabotiqalmoq» MFY hududidan oʻtuvchi 4R-72 avtomobil yoʻlining 8 kilometrida Jondor-Buxoro yoʻnalishida harakatlanayotgan “Nexia” rusumli avtomashina yoʻlning harakat yoʻnalishi boʻyicha oʻng tomonida joylashgan beton toʻsiqqa old qismi bilan urilib agʻdarilib bir necha marotaba aylanib ketishi oqibatida yoʻl transport hodisasi sodir etilgan.

Natijada avtomashinada boʻlgan 29 yoshli yoʻlovchi, hamda uning voyaga yetmagan farzandi 7 yoshli farzandi hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (Odamlar oʻlimiga sabab boʻlgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.