Yuk poyezdi vagoni ostiga berkitilgan “Opiy” fosh boʻldi

    “Quduqli“ temir yoʻl bekatiga qoʻshni davlatdan kirib kelgan yuk poyezdi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazilganda 1 dona rangsiz sellofanda skoch bilan oʻralgan ashyo borligi aniqlandi.

    Qayd etilishicha, shu yilning 9-yanvar kuni soat 04:45 larda Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sariosiyo“ temir yoʻl chegara bojxona posti xodimlari tomonidan Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda, “Quduqli“ temir yoʻl bekatiga qoʻshni davlatdan kirib kelgan temir yoʻl yuk poyezdi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida yuk vagonlarining birida xufiya joyga berkitilgan 1 dona rangsiz sellofanda skoch bilan oʻralgan ashyo borligi aniqlandi. Ushbu oʻram ekspertizadan oʻtkazilganda sof ogʻirligi 135.3 gramm boʻlgan “Opiy“ giyohvandlik vositasi ekanligi maʼlum boʻldi.

    Hozirda, holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.