Bugungacha Harakat tashabbusi bilan Markaziy Osiyo mustaqil ekspertlari platformasi, mintaqa NNTlarining birinchi akademiyasi tashkil etildi. Shuningdek, Oʻzbekiston hamda Turkiyaning ikkita shahri “qardosh shaharlar” maqomiga ega boʻldi, deb xabar beradi “Yuksalish” umummilliy harakati matbuot xizmati.
2024-yildan “Yuksalish” harakati xalqaro tashkilot sifatida mintaqa va rivojlangan mamlakatlardagi jamoat institutlari, “aql markazlari” hamda siyosiy doiralar bilan aloqalarni rivojlantirishga, “muloqot maydonlari”ni yaratishga koʻmaklashishni rejalashtirgan.