Yuz bergan suv toshqini oqibatlarini yumshatish maqsadida joriy yilning 18-may kuni Forish tumani Egizbuloq qishlogʻiga insonparvarlik yordamining birinchi partiyasi, shu jumladan 100 ta oziq-ovqat jamlanmasi hamda bolalar va kattalar uchun ustki kiyimlar toʻplami yetkazildi.
Harakatning ushbu tashabbusini Xitoyning Oʻzbekistondagi elchixonasi, PepsiCoʻning Oʻzbekistondagi rasmiy bottleri — International Beverages Tashkent kompaniyasi, Anglesey Food kompaniyasi, REDTAG brendi kabi biznes tuzilmalari vakillari qoʻllab-quvvatladi.
Bundan tashqari, xayriya aksiyasi doirasida YUNISEF Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati bilan hamkorlikda USAIDʻning Gumanitar masalalar boʻyicha byurosi moliyaviy koʻmagida ziyon yetgan hududga 180 ta gigiyena vositalari va zarur mahsulotlar joʻnatdi.