Joriy yilning 30 avgust kuni Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahridagi markaziy stadionda “Barselona” klubi va Markaziy Osiyo yulduzlari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Mazkur uchrashuvda “Barselona”ning sobiq yulduzlari Ronaldinyo, Rivaldo, Karles Puyol, Xaver Saviola, Ronald De Bur, Juliano Beletti, Franchesko Koku ishtirok etishi kutilyapti.
Markaziy Osiyo yulduzlari safida esa Mirjalol Qosimov (O'zbekiston), Muhsin Muhammadiyev (Tojikiston), Samat Smakov (Qozog'iston), Amandurdi Annadurdiyev (Turkmaniston) Hidetoshi Nakata (Yaponiya), Andrey Kanchel`skis (Rossiya) kabi sobiq futbollar to'p suradi.
Uchrashuvni o'zbekistonlik sobiq hakam Ravshan Ermatov va uning yordamchilari Abduhamidullo Rasulov va Bahodir Qo'chqorov boshqarib boradi.