Sharqiy Yevropa hisobot byurosi xabar berishicha, bu haqdagi qaror parlamentning bugungi sessiyasida qabul qilingan.

Sviridenko bungacha Ukraina iqtisodiyot vaziri lavozimini egallab kelgan. 39 yoshli yangi Bosh vazir Chernigovdan. Mehnat faoliyatini Chernigov viloyati hokimligida boshlagan.

14-iyul kuni hukumat rahbari lavozimiga Sviridenko nomzodini ilgari surgan yig'ilishda Prezident Vladimir Zelenskiy ishtirok etdi.

Mustaqil Ukraina tarixidagi birinchi ayol Bosh vazir 2005 va 2007 – 2010-yillarda hukumatni boshqargan Yuliya Timoshenko bo'lgan, deb xabar beradi report.az.