Odatda, bunday preparatlar gialuronik va polilaktik kislota asosida ishlab chiqariladi. Biroq bunday ishlanmalar to'qimalar tomonidan qiyin qabul qilinishi, shuningdek, qimmatligi bilan bog'liq bir qator yangi jihatlarga ega.

Antibiotikli gidrogel bakteriyalarni samarali ravishda bartaraf etadi, shu bilan birga, tana hujayralariga deyarli zarar yetkazmaydi. Preparatning asosiy vazifasi — invaziv aralashuvdan keyin antiseptik ta'sir ko'rsatish. Qo'llanilganidan so'ng gel 48 soat ichida patogen mikroorganizmlarning rivojlanishini to'liq bostirishga imkon beruvchi sefazolinni chiqaradi. Bundan tashqari, olimlar texnologiyani yumshoq to'qimalarni tiklashga xizmat qiluvchi komponet shakllantiruvchi sifatida rekonstruktiv kosmetologiyaga qo'llashni ko'zda tutgan, deyiladi lenta.ru saytida.