UNESCO bilan istiqbolli yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlik olib borish masalalari muhokama qilindi

    Xalqaro hamkorlik 18 Mart 2022 1702

    17-martda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov hamda UNESCOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi vakili v. v. b. Aleksandros Makarigakis oʻrtasida muloqot boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuvda Oʻzbekistonda raqamli rivojlantirish boʻyicha kompleks rejalarni amalga oshirish maqsadida hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikrlar almashildi.

    Shu bilan birga, sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish, yoshlarning AKT savodxonligini oshirish masalalari ham muhokama qilindi.

    Muloqot soʻnggida UNESCO ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi vakili v. v. b. Aleksandros Makarigakis AKT vazirligi bilan qoʻshma tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashga hamda Oʻzbekistondagi samarali hamkorlikni yanada sezilarli darajada oshirishga tayyorligini bildirdi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.