Bu haqda Hindistonning UNESKOdagi doimiy vakili Vishal SHarma ma'lum qildi.
“Hindiston tarixda birinchi marta UNESKOning Butunjahon merosi qo'mitasiga raislik qiladi”, deb yozdi u X (oldingi Twitter) ijtimoiy tarmog'ida. “46-sessiyaning sanasi va o'tkazilish joyi e'lon qilindi: 2024-yilning 21-31-iyul` kunlari Nyu-Dehlida”.
Butunjahon meros qo'mitasi UNESKOning 1972-yilgi Madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish to'g'risidagi konvensiyani amalga oshirish uchun mas'ul bo'lgan ixtisoslashgan qo'mitasidir. U obyektlarni Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritish va undan chiqarishning mutlaq huquqiga ega. Shuningdek, Butunjahon meros fondi mablag'laridan foydalanish to'g'risida qarorlar qabul qiladi va Konvensiya ishtirokchi-davlatlarining iltimosiga binoan moliyaviy yordam ko'rsatadi.
Har yili qo'mita muntazam sessiyalarda yig'iladi va ular davomida Jahon merosi ro'yxatiga kiritish uchun yangi nomzodlar bo'yicha qarorlar qabul qiladi. So'nggi uchrashuv 2023-yilda Ar-Riyodda bo'lib o'tgan, deb xabar beradi tass.ru.