Har 10 yilda bir marotaba oʻtkazib kelinadigan forum BMTning taʼlimni oʻzgartirish boʻyicha yaqinda oʻtkazilgan sammitining mantiqiy davomi boʻlib, asosiy taʼlimga ustuvor eʼtibor qaratishga chaqiradi.
Anjumanda Toshkent shahridan 1000 dan ortiq kishi, jumladan, davlat va hukumat rahbarlari, tegishli vazirlar, shuningdek, fuqarolik jamiyati, xalqaro tashkilotlar, xususiy sektor va ilmiy doiralar vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan. Avvalroq YUNESKO dunyoda 5 yoshga toʻlgan har toʻrtinchi bola hech qachon maktabgacha taʼlimga ega boʻlmagani, dunyo miqyosida esa mamlakatlarning yarmidan kamrogʻi uni bepul taʼminlayotgani haqida maʼlum qilgan edi.
“Konferensiya sakkiz yoshgacha boʻlgan bolalarga sarmoya kiritishni koʻpaytirish, shuningdek, ularni tarbiyalash va taʼlim olishda qator ustuvor yoʻnalishlarda yangi mezonlarni belgilashga yordam berishi kutilmoqda. Uning asosiy natijasi yaqin oʻn yillikda dunyoda maktabgacha taʼlimni rivojlantirish strategiyasini belgilab beruvchi Toshkent deklaratsiyasining qabul qilinishi boʻlishi kerak, — dedi Oʻzbekiston Respublikasining maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan haftada jahon ommaviy axborot vositalari xalqaro tadqiqot natijalarini eʼlon qilgan edi, unga koʻra Oʻzbekiston 3 yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish boʻyicha oʻsish boʻyicha jahon reytingida birinchi oʻrinni egallagan. Kuchli oʻntalikka Tojikiston, Belarus, Finlyandiya, Qozogʻiston, Litva, Turkiya, Shveysariya, Polsha va Ozarbayjon ham kirgan.