Maqolalarda O'zbekistonning 2019-yilda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga to'laqonli a'zo bo'lib kirgani yuqori baholanadi va O'zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoevning tashkilot doirasidagi tashabbuslari haqida batafsil ma'lumot keltiriladi.
Jurnalda Xiva shahrini 2020-yilda "Turk dunyosining madaniy poytaxti" deb e'lon qilinishiga alohida e'tibor qaratiladi. Ushbu mavzuda, xususan, turkiyalik olim, Boyazit Yildirim universitetining (Anqara) siyosiy fanlar va davlat boshqaruvi fakul`teti dotsenti Ayshe CHolpan YAldizning "Qadimgi Xiva shahri – turkiy dunyoning madaniy poytaxti – 2020" sarlavhasi ostida maqola ham chop etilgan.
O'zbekiston to'g'risidagi ma'lumotlar turk va rus tillarida, rangli fotosuratlar bilan bezatilgan va ingliz tilida qisqacha mazmuni keltirilgan.
Jurnal turkiy dunyo mamlakatlarida keng tarqalgan va TURKSOY rasmiy veb-saytida raqamli formatda nashr etilgan.
eslatib o'tamiz, Xalqaro turk madaniyati tashkiloti 1993-yilda Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, O'zbekiston, Turkmaniston va Turkiya madaniyat vazirlari tomonidan imzolangan shartnoma asosida tuzilgan. Tuzilma YUNESKOning turkiy olamda o'ziga xos muqobili hisoblanadi va xalqaro maydonda madaniyat sohasida hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.