Qayd etilishicha, unda yunon-rum va ayollar kurashi boʻyicha bir qator vazn toifalaridagi bellashuvlar tashkil etildi. Murosasiz bahslar davomida Oʻzbekiston terma jamoasi 1 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor boʻldi.

Kumush medal:

  • -63 kg: Husniddin Olimboyev

Bronza medal:

  • -50 kg: Jonpoʻlat Toʻlqinboyev
  • -87 kg: Rahimjon Uzoqov
  • -50 kg: Mushtariy Tolipbekova
  • -59 kg: Laylo Sobirova

Ahamiyatlisi, musobaqada 2 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamgʻargan “klassik” kurashchilarimiz umumjamoa hisobida uchinchi oʻrinni egalladi.