Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.
Uning oldiga sportchilarimizni Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo va Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya oʻyinlariga munosib tayyorlash vazifasi qoʻyilgan.
Eslatib oʻtamiz, 40 yoshli mutaxassis Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlaridan soʻng sportchilik faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan edi. Assakalov faoliyati davomida uchta Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Shuningdek, uning hisobida jahon chempionatlarining 1 tadan kumush va bronza, qitʼa birinchiliklarining esa 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallari mavjud.