Yunusobod tumanidagi Toshkent YHXBning roʻyxatdan oʻtkazish boʻlimi vaqtincha yopildi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent shahri Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining Yunusobod tumani O.Zokirov koʻchasi (sobiq Gvardeyskaya) 2-uyda joylashgan roʻyxatdan oʻtkazish, imtihon olish boʻlimi 8-iyuldan boshlab taʼmirlash ishlari sababli yopildi.
Haydovchilar quyidagi boʻlinmalarga murojaat qilishi mumkin:
Mirobod tumani, Beshkent koʻchasi, 43-uy (Fayzobod);
Mirobod tumani, Vodil koʻchasi, 53-uy (Uzbum);
Chilonzor tumani, Bunyodkor koʻchasi, 118A-uy (Sobir Rahimov);
Sergili tumani, Sergili avtomashina bozor hududida.