Unda tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh shifokori Respublika maxsus komissiyasining yigʻilish bayoniga zid ravishda 22 nafar fuqaroning avtotransport vositasiga Respublikada eʼlon qilingan karantin vaqtida erkin harakatlanish uchun soxta maʼlumotnoma tayyorlab, maxsus ruxsatnoma rasmiylashtirib berganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 209-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.