Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qonun bilan yuqori barqarorlik reytingiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari uchun ragʻbatlantirish choralari joriy etilishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda:
— yuqori barqarorlik reytingiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliqlar boʻyicha (bundan QQS mustasno) ortiqcha toʻlangan summani qaytarish 3 kunlik muddatda amalga oshiriladi;
— reyting boʻyicha “AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan esa soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi (bundan jinoiy ishlar doirasida oʻtkaziladigan tekshiruvlar mustasno) va mazkur toifadagi tadbirkorlik subyektlariga QQS summasi oʻrnini qoplash tekshiruvlar oʻtkazilmasdan 1 kunlik muddatda amalga oshiriladi.