Mazkur kelishuvga asosan, Savdo-sanoat palatasi tomonidan ishonchli ish beruvchilarni tavsiya qilish, fuqarolarni munosib ish oʻrinlariga ishga joylashtirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, xorijda ishlash istagidagi fuqarolarning kasbiy malakasini oshirish ishlari amalga oshiriladi.
Uchrashuvda Savdo-sanoat palatasi vakillari Moskva shahri va viloyatidagi yuqori maosh taklif etayotgan ish beruvchi kompaniyalar talabiga koʻra, malakali mutaxassislar zarurligini alohida qayd etdi.
Jumladan, qurilish uchun 3 mingdan ziyod, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasida 500 dan ortiq malakali va rus tilini biladigan mutaxassislarga talab mavjud.
Tadbir yakunida mehnat migratsiyasi sohasida Andijon va Moskva oʻrtasida tizimli ishlarni tashkil etish boʻyicha yoʻl xaritasi ishlab chiqilib, Andijon namunasi misolida amalga oshirish yuzasidan kelishib olindi.