Oʻzbekiston oshpazlari delegatsiyasi “ Istanbul Gastronomy Festival 2024”da yuqori natijalarni namoyish etib, individual nominatsiyalar boʻyicha Gran-pri va bir qator mukofotlarni qoʻlga kiritdi.

Natijalar:

- Gran-pri (1 oʻrin, oltin) — Nazira Alimatova, Maxfuza Rahimova

- Gran-pri (bronza, oʻsmirlar) — Nazokat Joʻrayeva, Ozodbek Sunnatov, Ayubxon Avazov

Individual mukofotlar:

- Nazira Alimatova — oltin, pasta

- Mahfuza Rahimova — oltin, modern kuzin

- Nazokat Joʻrayeva — oltin, modern kuzin

- Ozodbek Sunnatov — oltin, qoʻy goʻshti

Ayubxon Avazov — kumush, mol goʻshti

Festivalda dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan oshpazlar, shuningdek, dunyoning turli nuqtalaridan jahon miqyosidagi hakamlar ishtirok etdilar, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.

Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston oshpazlar uyushmasi 2010-yildan buyon jahon oshxonasining oshpazlik standartlarini saqlab qolish va yaxshilashga qaratilgan professionallar tashkiloti boʻlgan Butunjahon oshpazlar hamjamiyatlari uyushmasining rasmiy aʼzosi hisoblanadi.