Murojaatda fuqarolar Krasnodar oʻlkasidagi korxonalardan birida ishlash uchun borgani, ish beruvchi vakillari tomonidan pasportlari 2 oydan ortiq vaqt mobaynida olib qoʻyilib, berilmayotganini bildirgan.
Mehnat migrantlarining pasportlarini qaytarish maqsadida Vakolatxona xodimlari ish beruvchi vakillari bilan telefon orqali muzokara oʻtkazdi. Ish beruvchilar pasportlarni patent rasmiylashtirish uchun olgani va ishxonada saqlayotganini bildirdi. Ularga fuqarolik pasportini olish Rossiya qonunchiligi boʻyicha mumkin emasligi tushuntirilib, yurtdoshlarimiz pasportlari qaytarildi, deya xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati.