Bugun davlatimizning, mustaqilligimizning milliy ramzi boʻlgan — gerbimiz qabul qilinganiga 29 yil toʻldi.
Davlat gerbi Oʻzbekiston respublikasi davlat bojxona organlari faoliyatida nihoyatda katta ahamiyat kasb etadiki, davlat chegaralarining, chegara sarhadlarining har bir ustunida ushbu ramziy timsol aks etgan.
Qolaversa, yurtimizga kelayotgan har bir mehmon, har bir fuqaroning koʻziga tashlanadigan birinchi surat ham gerb. Gerbda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy holati aks etib turadi. U yurtimizning tinch-osuda, mustaqil ekanidan darak berib turadi.
Davlat bojxona organlarining barchasida amalga oshirilayotgan bojxona operatsiyalarida, kirish-chiqish hujjatlarining barchasida davlat gerbi aks etgan. Zero, davlat gerbi aks etmas ekan, har qanday hujjat haqiqiy hisoblanmaydi.
Shu oʻrinda shoir Murod Rahmonning gerbimizga juda chiroyli va samimiy bergan taʼrifi yodimga keladi:
Gerb bu vatan ramzi davlatning yuzi
U bilan ishonchli millatning soʻzi
Har bir hujjatda bor muhr izi,
U bilan mangudir tizimning oʻzi