Dastlabki kungi bahslarda ikki nafar hamyurtimiz sovrindorlar safidan joy oldi.
Jumladan, erkaklar oʼrtasida T46/47 klassida balandlikka sakrash bahslarida Omad Hasanov 1,88 metr natija bilan kumush medalga sazovor boʼldi.
F35/36 klassida yadro uloqtirish bahslarida esa Husniddin Norbekov 15,49 metr natija bilan kumush medalni qoʼlga kiritdi.
Taʼkidlash kerakki, F36 (nogironlik turi nisbatan yengilroq) klassida ishtirok etuvchi sportchilar bilan birga bahslarda qatnashganiga qaramay, yuqori natijani qayd etgani, hamyurtimizning oʼz klassida tengsiz ekanini yana bir bor isbotladi.
"Para atletlarimizning musobaqadagi ishtiroki davom etmoqda", deya xabar berdi O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.