Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron – “E-qaror” tizimi sinov tariqasida ishga tushirilgan edi.
Bugun Qashqadaryo viloyat hokimidan soʻng nafaqat viloyatda, yurtimizdagi barcha tumanlar ichida Mirishkor tumanida birinchi boʻlib, Adliya boʻlimidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazgan holda, hech qanday qogʻozlarsiz, “E-qaror” elektron tizimi orqali tuman hokimining “Mirishkor tumanida dam olish kunlari yarmarkalarni tashkil etishni samarali yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi normativ tusdagi qarori qabul qilindi.