Ularni majburiy raqamli markirovkalash tizimi esa ana shu masalalarning amaliy va huquqiy yechimi boʻlib xizmat qiladi. Shu maqsadda oʻtgan oyda Vazirlar Mahkamasining “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan edi.
Xoʻsh, ushbu hujjatga mufoviq, majburiy raqamli markirovkalash jarayoni qachondan boshlanadi?
Qarorda belgilanganidek, bu amaliyot:
birinchi guruh — ikkilamchi (tashqi) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalari (orfan dori vositalari bundan mustasno) — 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab;
ikkinchi guruh — birlamchi (ichki) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalari (agar ikkilamchi (tashqi) oʻram mavjud boʻlmasa) va dorivor angro — mahsulotlari (orfan dori vositalari bundan mustasno) — 2022-yil 1-noyabrdan boshlab;
uchinchi guruh — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan orfan dori vositalari hamda kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashxis qoʻyish va ularni davolash uchun moʻljallangan tibbiy buyumlar roʻyxatiga kirgan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida amalga oshirilgan roʻyxatga olish natijalarini tan olish tartibi doirasidagi dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiyot texnikasining Davlat reyestriga kiritilgan dori vositalari — 2023-yil 1-martdan boshlab;
toʻrtinchi guruh — belgilangan tartibda tasdiqlangan roʻyxatga kiritilgan tibbiy buyumlar — 2025-yil 1-fevraldan boshlab joriy etiladi.
Bunda tibbiy buyumlar roʻyxati Davlat soliq qoʻmitasi va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan mazkur mahsulotlarni raqamli markirovkalash yuzasidan oʻtkazilgan tajriba loyihasi natijalariga asosan tasdiqlanadi. deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.