Joriy yilning 11-15 may kunlari O'zbekistonda onlayn tarzda o'tkaziladigan erazmus + haftaligida Evropaning eng nufuzli universitetlarida tahsil olish, malaka oshirish yuzasidan turli savollarga savollarga javoblar beriladi. SHu bilan birga onlayn haftalik davomida loyiha doirasida e'lon qilinayotgan grantlar va almashinuv dasturlari haqida ham ma'lumot olishingiz mumkin.
O'zbekistondagi erazmus + milliy ofisi, oliy ta'lim va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Evropa Ittifoqining O'zbekistondagi Delegatsiyasi tashkilotchilik qilayotgan barcha tadbirlar yurtimizdagi erazmus + milliy ofisi rasmiy veb-sayti va ijtimoy tarmoqlaridagi sahifalarida va ZOOM platformasida o'tkaziladi.