Aytish joizki, jigar transplantatsiyasi – oʻta noyob operatsiya. Ayniqsa, uni bolalarda oʻtkazish juda murakkab hisoblanadi.
Ushbu yuqori texnologik amaliyot markaz jarroh va transplantologlari hamda Moskvadagi Akademik V.I.Shumakov nomidagi transplantatsiya va sunʼiy organlar markazi yetakchi mutaxassislari hamkorligida bajarildi.
Natijada surunkali jigar yetishmovchiligi hamda autoimmun gepatit tashxisi qoʻyilgan 15 yoshli Umidjon Mirkamolov darddan forigʻ boʻldi. Unga otasi Kamoliddin Isroilov donorlik qildi, boshqacha aytganda, ota oʻz oʻgʻliga ikkinchi umr bagʻishladi.
Shifokorlarning soʻzlariga koʻra, hozir bemorning ahvoli yaxshi. Nazorat ostida zarur tibbiy muolajalar davom ettirilmoqda.