Kambagʻal oilalarga mansub 168 ming nafar bola davlat bogʻchalariga imtiyozli asosda qabul qilindi. Bu yildan boshlab 208 ta bogʻchada birinchi marta inklyuziv taʼlim tizimi joriy etildi.
Yurtimizda kambagʻallik darajasi yil boshidagi 8,9 foizdan 5,8 foizga tushdi.
«Bu ishlarni boshlaganimizda aholining uchdan bir qismi kambagʻallik chegarasida yashardi.
Kredit, subsidiya, kompensatsiya kabi 100 dan ziyod xizmatlar orqali ijtimoiy himoyaning mutlaqo yangi tizimini yoʻlga qoʻyganimiz va bularni mahalladagi “yettilik”ning oʻziga berganimiz natijasida 8,5 milliondan ziyod odam kambagʻallikdan chiqdi, ishsizlik 2 karra qisqardi.
Natijada uch yil oldin kambagʻallikni 2026-yil yakuni bilan 2 karra qisqartirish boʻyicha olgan marramizni shu yilning oʻzida uddaladik», – dedi Prezidentimiz.