Butun dunyo, xususan, mamlakatimizda bir yildan ortiq davom etayotgan pandemiya davri jamiyatimizga oʻzining salbiy taʼsirini koʻrsatmay qolmayapti. Uch oydan oshiq davom etayotgan vaksinatsiya jarayonlari yurtimizda bu taʼsirni kamaytirishda asosiy omil boʻlib turibdi. Shu sababli Sogʻliqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan “Men vaksina oldim” (#men_vaksina_oldim) aksiyasi boshlandi.
Shuningdek, aksiya doirasida Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, professor Alisher Shodmonov va akademiya prorektori, professor Maʼruf Karimovlar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlandi.