Iskandar vafotidan so'ng eramizdan avvalgi 312-yilda uning sarkardasi Salavk I Nikator hukmronligi davri boshlangan.

O'rta Osiyoning janubiy muzofotlari, shu jumladan, Baqtriya va Sug'diyona ham salavkiylar tomonidan nazorat qilingan.

Salavk I ning o'g'li Antiox (eramizgacha bo'lgan 281-261-y) davrida Baqtriyada zarbxona tashkil etilgan.

Chamasi, Sug'ddagi xususiy zarbxona ham aynan Salavkiylar davrida paydo bo'lgan. Bu to'g'risida Antiox I yoki Antiox II tomonidan eramizdan avvalgi 261 – 246-yillarda zarb etilgan mis tangalar guvohlik beradi.