Qayd etilishicha, Toshkent shahri uchun 200 ta elektrobusni xaridini amalga oshirish maqsadida, oʻtkazilgan eng yaxshi takliflar tanlovida Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan taklif etilgan uchta kompaniya — “BYD Auto Industry, Yutong Bus va Zhongtong Bus Holding” ishtirok etdi.
“Toshshahartransxizmat“ AJ harakat tarkibini yangilash maqsadida oʻtkazilgan tanlov natijalari boʻyicha takliflari qoʻyilgan talablarga toʻliq javob bera olgan kompaniya sifatida “YUTONG BUS Co., Ltd.” kompaniyasi aniqlandi hamda “Xarid komissiyasi“ning qaroriga asosan tanlov gʻolibi deb eʼlon qilindi.
Mazkur xarid qilinadigan elektrobuslar Toshkent shahridagi mavjud avtobus yoʻnalishlarining harakat tarkibi sonini koʻpaytirilishi va yangi tashkil etiladigan yoʻnalishlarda tasarruf etilishi rejalashtirilgan.








