Turinning “YUventus” klubi portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronalduni shu yil yozda sotishi mumkin. Bu haqda taniqli insayder Nikola Skira o'zining Tvitter’ida xabar tarqatdi.
Skiraning yozishicha, Ronalduning “YUventus” bilan shartnoma muddati 2022 yilda tugaydi. Ammo uning 31 million evro maoshini berish klubga og'irlik qilyapti.
36 yoshli futbolchini “YUventus” 2018 yili 117 million evroga “Real” Madriddan sotib olgan edi. O'tgan davrda hujumchi 121 o'yinda ishtirok etib, 92 ta gol kiritdi.