Aholiga ichimlik suvi, tibbiyot vositalari vertolyot yordamida yetkazilmoqda. Hozirda 200 dan ziyod kishi xavfsiz joyga koʻchirilgan.

Zabaykalya viloyatida daryolar oʻzanidan chiqib ketgan, ayrim koʻpriklar, paromlar zarar koʻrdi. Viloyatning sakkizta tumanidagi 300 ga yaqin uylar suv ostida qoldi.

Sinoptiklar yaqin vaqt ichida vaziyat yaxshi tomonga oʻzgarmasligini aytishmoqda.