Film ssenariysi taniqli adib Xayriddin Sultonovning shu nomli hikoyasi asosida yaratilgan. Mazkur film temuriyzoda Zahiriddinning tugʻilishi va unga Bobur ismining berilishi ilohiy sabablari haqida. Umarshayx Mirzoning oʻgʻil farzand koʻrish orzusi va Bobur Mirzoning dunyoga kelishi bilan bogʻliq tarixiy voqealar filmda badiiy toʻqimalar yordamida ochib beriladi.
“Yoʻlbarsning tugʻilishi” tarixiy-badiiy filmida Elbek Fayziyev, Boir Xolmirzayev, Tamara Hazratqulova, Marjona Oʻljayeva, Maʼruf Otajonov, Madina Odilova, Daler Timurov, Abdurahmon Ochilov kabi mahoratli aktyorlar rol ijro qilmoqda.
Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Bobur Sher oʻgʻli, postanovkachi operator Hasan Atabayev, ikkinchi rejissyor Bahriddin Aynazarov, postanovkachi rassom Saʼnat Kenjayev, liboslar boʻyicha rassom Sevara Zunnunova, grim ustasi Galina Geydelbax, film direktori Fayzirahmon Usmonov.
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati









