Kasallikdan himoya qilishni birdan-bir yoʻli shu boʻlib turganda, nega notoʻgʻri oʻylaydi. Shunisiga tushunmayman. Emlanish mutlaqo xavfsiz. U inson immun tizimiga hech qanday salbiy tasir koʻrsatmaydi. Tibbiy profilaktikaning eng samarali, hammabop usuli ham aslida emlashdir. Bu esa jamoaviy immunitet hosil qilishiga sabab boʻladi. Bu amaliyot tibbiyotda bugungina qoʻllanilgani yoʻq.
Oʻzingizga maʼlumki, farzandlarimizda boshqariluvchi infeksiyalarga qarshi emlash ishlari doimo olib borilgan. Masalan, inson tugʻilgandan boshlab gepatitga, tuberkulyozga, qizamiq, qizilcha, qoqshol va boshqa xavfli infeksiyalarga qarshi emlanadi. Agar shu emlash ishlari oʻz vaqtida oʻtkazilmaganda edi, gepatit ham, qizilcha ham, qizamiq ham, tuberkulyoz va qoqshol ham koʻpayib ketishiga olib kelgan boʻlardi.
Buning natijasida inson salomatligi bilan bogʻliq, bugungidan ham ayanchli hodisalar sodir boʻlishi mumkin edi. Sogʻligʻini yoʻqotish bilan birga insonlarni nogironlik darajasi ortardi. Vaholanki, ijtimoiy tarmoqlarda yolgʻon xabarlarni tarqatayotgan, emlanish jarayoniga nisbatan ishonchsizlikni keltirib chiqarayotgan fuqarolarimizning oʻzlari ham tugʻilgan, dunyoga kelgan davridan boshlab yuqorida nomlari keltirilgan boshqariluvchi infeksiyalarga qarshi emlangan. Bundan koʻrinib turibdiki, ularning uydirma va yolgʻon gaplari asossizdir.
Qolaversa, ulardan farzandlari, nevaralari salomatligi, kelajagi uchun 12 turdagi boshqariluvchi kasalliklarga qarshi emlatyapti. Nega oʻsha payti bu masalaga chuqurroq yondashib, oʻz qarashlarini bildirishmagan? Masalaning mohiyati ham aslida shu. Ular bilib qoʻyishsin, oʻsha emlashlar sabab yurtimizda epidemiologik vaziyat barqarordir.
Abduvahob Rustamov, Sirdaryo viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi yordamchisi.