Zalsburgdagi hayvonot bog'i xodimi karkidon hujumiga uchrab, halok bo'ldi

    Zalsburg (Avstriya)dagi hayvonot bog'i xodimi karkidon hujumidan so'ng hayotdan ko'z yumdi.

    Hayvonot bog'i direktori Sabina Grebnerning aytishicha, og'irligi deyarli 2 tonna bo'lgan hayvon 33 yoshli ayolga hujum qilgan. Gap shundaki, ayol karkidonga hasharotlarga qarshi malham surmoqchi bo'lganida uning g'azabi qo'zigan va hayvonot bog'i xodimiga hujum qilgan. Ayol o'ta jiddiy jarohat olgan hamda halok bo'lgan.

    Yordamga kelgan uning hamkasbi ham jarohatlangan va kasalxonaga yotqizilgan.

    Karkidon 2009-yilda Zalsburg hayvonot bog'iga Afrikadan olib kelingan. Hayvonot bog'i tashrif buyuruvchilar uchun vaqtinchalik yopib qo'yildi, deb xabar beradi iz.ru.