Yangi bilim dargohida oʻquvchilar har tomonlama puxta bilim olishlari uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan. Xususan, axborot texnologiyalari, xorijiy tillarni oʻrganishga moʻljallangan va qator dars xonalari zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Bundan tashqari, maktabda toʻgaraklar uchun alohida xonalar ham mavjud. Ular kerakli jihozlar bilan taʼminlangan.

Yangi maktab 840 oʻringa moʻljallangan boʻlib, bino “Bunyodkor lyuks” MJCH quruvchilari tomonidan barpo etildi.

Shuningdek, bayram arafasida tumanda ikkita yangi maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi ham foydalanishga topshirildi.

Roʻzimboy HASAN,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri