Xususan:
Turkiston hududi, Turopobod mahallasida fuqaro Z.Aripovga qarashli issiqxonada 1 dona nostandart (qoʻlbola) isitish qozonini gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelingan. Yetkazilgan zarar miqdori 32,8 mln soʻm (32,8 ming m3);
Chigʻatoy oqtepa hududi, Boʻston mahallasida fuqaro I.Fozilovga qarashli issiqxona 1 dona nostandart (qoʻlbola) isitish qozonini gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani maʼlum boʻldi. Yetkazilgan zarar miqdori 30,7 mln soʻm (30,7 ming m3);
Yuqoridagi manzilda ushbu fuqaro I.Fozilovga qarashli ikkinchi issiqxonada 1 dona nostandart (qoʻlbola) isitish qozoni gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi. Yetkazilgan zarar miqdori 24,1 mln soʻm (24,1 ming m3 )ni tashkil etdi.
Mazkur issiqxonalar tomonidan yetkazilgan umumiy zarar miqdori 87,6 mln soʻmni (87,6 ming metr kub) tashkil etdi. Bu oʻrtacha 5000 ta xonadonning bir kunlik tabiiy gaz isteʼmolini tashkil qiladi.
Aniqlangan noqonuniy holatlar boʻyicha rasmiylashtirilgan hujjatlar chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish uchun tayyorlanmoqda, — deyiladi vazirlik axborotida.