Maktubda qayd etilishicha, Hududiy elektr tarmoqlari AJ Toshkent hududiy filiali Zangiota TET tomonidan eski, "Aloqa" ko'chasidagi yuklama bilan ishlayotgan 888-sonli transformator o‘rniga yangi 400/10 KVA quvvatga ega qo‘shimcha transformator punkti o‘rnatilgan.

 “Shuningdek, elektr tarmog‘ini yangilash doirasida 25 dona CV-9,5 rusumli beton tayanchlar o‘rnatilib, 1,8 km zamonaviy CIP elektr tarmoqlari va vvod liniyalari tortildi.

Natijada mahallada energiya yetkazib berish sifati sezilarli darajada yaxshilandi. Mazkur tashabbus uchun barcha mas’ul tashkilot va soha xodimlariga mahallamiz aholisi nomidan minnatdorlik bildiramiz.

Fuqaro, mehnat vitrani A.Qodirov”, deyiladi maktubda.