Zangiota tumanida Shaxsiy xavfsizlik Toshkent viloyati boshqarmasi va Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor-profilaktik tadbir davomida "Mevazor" MFYda tashkil qilgan “kannabiszor” fosh etildi. Bu haqida IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, 1976-yilda tug'ilgan fuqaro R.M. xonadonida 26 tup “kannabis” giyohvandlik o'simligini o'ziga xos tarzda parvarishlab, etishtirgan. e'tiborlisi, u giyohvanlik o'simligini yon tomonga o'stirib, boshoqli bo'lishini ta'minlagan va qamishlar orasiga o'rab o'ziga xos tarzda “kannabiszor” tashkil qilgan. Shuningdek, xonadonni ko'zdan kechirish davomida 238,7 gramm quruq holatdagi marixuana giyohvandlik vositasi ham daliliy ashyo sifatida olinagan. Fuqaro protsessual tartibda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi JKning 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.