Unga koʻra:

Sogʻliqni saqlash vazirligining ixtisoslashgan tibbiyot majmualari negizida koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga moʻdjallangan maxsus “1-son Zangiota” va “2-son Zangiota” shifoxonalari tashkil etiladi.

Qaror bilan shuningdek:

- mazkur shifoxonalarning tuzilmasi;

- ularda bemorlarga xizmat koʻrsatuvchi tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarning normativlari ham tasdiqlandi.

Ixtisoslashgan tibbiyot majmualarilarni boshqarish vaqtincha 1-son Respublika klinik shifoxonasi va 3-son Toshkent shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yuklatilganligi maʼlum qilindi.

Sogʻliqni saqlash vazirligiga ikki hafta ichida:

- maxsus shifoxonalarning ustavini belgilangan tartibda qabul qilish;

- maxsus shifoxonalarga masʼul kasalxonalar hamda ularga xizmat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnomalarni maxsus shifoxonalar bilan qayta rasmiylatirish vazifasi topshirildi.