Autoimmun kasalliklar – bu odam immunitet tizimining buzilishi bilan bog'liq kasalliklar bo'lib, u o'z to'qimalarini begona deb qabul qila boshlaydi va ularga zarar yetkazadi.

Klinik tadqiqotda sog'lom ko'ngillilardan yetti kun davomida har kuni zanjabil qo'shimchalarini iste'mol qilish so'raldi. Qo'shimchalar tarkibida zanjabilda mavjud o'simlik birikmasi – taxminan 20 milligramm gingerol mavjud.  

Tajriba natijasida neytrofillarning oq qon hujayralari ichida siklik adenozinmonofosfat ishlab chiqarish ko'paydi. Siklik adenozinmonofosfatning yuqori darajasi netozning bostirilishiga olib keldi.

Shunday qilib, zanjabilni iste'mol qilish neytrofillarning netozga chidamliligini oshirdi. Bu jarayon ko'plab autoimmun kasalliklarning rivojlanishi bilan bog'liq. Kelajakda mutaxassislar bunday kasalliklarga chalingan bemorlarda zanjabil qo'shimchalarining klinik sinovlarini o'tkazmoqchi, deb xabar beradi lenta.ru.