Dunyoning 47 ta mamlakatidan jami 300 nafarga yaqin para velosportchilar qatnashgan dunyo birinchiligida terma jamoamiz azolari ham ishtirok etib, yakunda vakillarimiz Marjona Pardaboeva hamda Pokiza Ahmadbekova tomonidan 3 ta oltin va 1 ta kumush medallar qo‘lga kiritildi. Bu o‘zbek para velosporti tarixida Jahon chempionatlarida qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.

Yurtoshlarimiz bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi, Sport vazirligi, O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi va Toshkent viloyati sport boshqarmasi mutasaddilari, OAV vakillari hamda yaqinlari tomonidan kutib olindi, deb xabar beradi Paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.