Mazkur gazetalar o'zbek jurnalistikasining bardavom rivojida tamal toshi vazifasini o'tagan bosma matbuotlardan biridir. Bir nashrning 100 yillik dovondan oshib o'tishi aytishgagina oson. O'tgan davrda bu dargohdan qanchadan-qancha fidoiy, jonkuyar jurnalistlar etishib chiqdi va mamlakatimiz taraqqiyotiga o'z hissasini qo'shdi.  

Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, o'z so'ziga, o'z yuziga, o'z maktabiga ega bo'lgan mazkur gazetalar milliy jurnalistika, xususan, jadidchilik faoliyatining tub ildizlaridan ozuqa olib turadi.

O'tgan mashaqqatli vaqt davomida ijtimoiy-ma'rifiy, siyosiy-iqtisodiy yangiliklarni yoritishda minbar bo'lib kelgan mazkur nashrlar bugun ham an'ana va tamoyilariga sodiq qolgan holda, ularni zamonaviy tendentsiyalar asosida o'quvchilariga etkazib kelmoqda. 

«Zarafshon» gazetasining bugungi maqsadidan kelib chiqadigan bo'lsak, u milliy g'oyamizga, jumladan milliy istiqlolimiz g'oyasining tarixiy ko'rinishi - jadidlar g'oyasiga, orzusiga hamohang ekanligini ko'ramiz.

Fursatdan foydalanib, “Yangi O'zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati nomidan  “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalarida faoliyat yuritayotgan barcha jonkuyarlarga kamoli ehtirom ila ijodiy barkamollik, sihat-salomatlik, sharafli mehnatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!