Sodir etilgan yoʻl transport hodisasi boʻyicha “UZAUTO MOTORS” AJ quyidagicha maʼlumot taqdim etadi: 

Joriy yil 24-oktyabrda MAN avtovozida UzAuto Motors avtomobillari Urganch shahridagi dilerlik markaziga olib ketilayotgan edi. Buxoro viloyatining Gazli shahri yaqinidagi A-380 avtomagistralida harakatlanayotgan avtovozning tirkamasi KAMAZ yuk mashinasiga urilib ketdi. Tergov natijalariga koʻra, KAMAZ avtomobilining haydovchisi boshqaruv paytida uxlab qolgan hamda nazoratni yoʻqotgan, buning natijasida esa ikkala avtoulov va avtovoz tomonidan olib ketilayotgan transport vositalari jiddiy zarar koʻrdi.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, voqea natijasida hech kimga zarar yetmadi.

Ayni paytda Buxoro viloyati Romitan tumani Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan soʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassislar ishtirokida dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan UzAuto Motors ning YTH natijasida zarar koʻrgan mahsulotlarining barcha zarar miqdorlari baholanganidan soʻng uni utilizatsiya qilish uchun zavodga qaytarilishini maʼlum qilamiz.