Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmatining rasmiy kanali maʼlum qilindi.
Xabarga koʻra, mazkur xotira turnirida kurash boʻyicha erkaklar -60, -66, -73, -81, -90, +90 kg vazn toifalarida oʻzaro kuch sinashishsa, belbogʻli kurash boʻyicha erkaklar -55, -60, -66, -73, -81, -90, -100, +100 kg vaznda bellashadilar. Ayollar esa kurash boʻyicha -48, -52, -57 kg vazn toifalarida gilamga chiqadi.
Shuningdek, har ikkala sport turi boʻyicha erkaklar mutlaq vaznda ham gʻoliblik uchun kurash tushadi. Kurash va belbogʻli kurash boʻyicha har bir vazn toifasida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan polvonlar 5 million soʻmdan, 2-oʻrin sohiblari 3 million soʻmdan, ikkita 3-oʻrinni qoʻlga kiritgan polvonlar 1,5 million soʻmdan pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Mutlaq vaznda gʻolib boʻlgan kurashchilarning har biriga avtomobil, 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan polvonlarga esa 30 million soʻmdan hamda 3-oʻrinni band etgan sportchilar esa 10 million soʻmdan pul mukofotlariga ega boʻlishadi.