Ushbu qarorni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

  • qimmatbaho metallarni qayta ishlashning yillik hajmini 7 tonnaga, zargarlik buyumlarini eksport qilish koʻrsatkichlarini 300 mln AQSH dollariga yetkazish;
  • qimmatbaho metallar va zargarlik buyumlarining norasmiy aylanmasini kamida 50 foizga qisqartirish.

Qarorga koʻra, zargarlik markazlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga quyidagi qoʻllab-quvvatlash choralari taqdim etiladi, jumladan:

  • qimmatbaho metallarni kechiktirib toʻlash sharti bilan sotishda 90 kun ichida amalga oshirilgan toʻlovlar qismiga foiz hisoblanmaydi, 91-kundan boshlab 180-kungacha amalga oshirilgan toʻlovlar qismiga – yillik 3 foiz miqdorida foiz hisoblanadi;
  • zargarlik markazlarida «Oʻzbekzargarsanoati« uyushmasi va Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining filiallari faoliyati (sayyor xizmat koʻrsatish) yoʻlga qoʻyiladi;
  • zargarlik markazlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasiga aʼzo boʻlganda aʼzolik badalini 50 foizlik chegirma bilan toʻlaydi.