Yurtimizga oʻtish uchun “Farhod” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaroning qoʻl yuklari bojxona koʻrigidan oʻtkazilganda, qoʻl sumkasi ichida yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatilmagan hamda ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan ogʻirligi 233 gr zargarlik buyumlarini borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Amaldagi tartiblarga muvofiq, jismoniy shaxslar bojxona chegarasi orqali bojxona toʻlovlarisiz, yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatgan holda umumiy ogʻirligi 65 grammdan koʻp boʻlmagan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini olib kirishlari mumkin.