Ma’lum qilinishicha, u “avtomobilni haydovchilik guvohnomasi yo‘q tanishingiz nomiga rasmiylashtirsangiz, jarima ballari ishlamaydi” mazmunidagi video tarqatib, aholiga noto‘g‘ri ma’lumot bergan.

Holat yuzasidan unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sud qarori bilan 24 mln 720 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llandi.

Mutasaddilar bunday mazmundagi axborotlarni tarqatish qonunchilikka zid ekanini eslatib, fuqarolarni tekshirilmagan ma’lumotlarga ishonmaslikka chaqirmoqda.