“Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida xotin-qizlar ijtimoiy faolligini qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish ishlari yoʻlga qoʻyildi.

Sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va unda xotin-qizlarni jalb qilgan holda ishni tashkil etishga alohida eʼtibor berildi. Ularni mehnatini munosib ragʻbatlantirish, qulay sharoitlar yaratish choralari koʻrildi.

Jamiyat tarkibidagi boshqarmalar va zavodlarda ishlab chiqarish yoʻnalishida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning malakasini oshirish, ularni ish faoliyati davomida qoʻllab-quvvatlash, yetarli sharoitlar yaratish asosiy vazifa qilib qoʻyildi.

Jumladan, Shoʻrtan gaz kimyo majmuasida 672 nafar, Buxoro neftni qayta ishlash zavodida 600 nafar, Muborak gazni qayta ishlash zavodida esa 400 nafar, Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida 482 nafar xotin-qizlar faoliyati olib borishadi. Koʻrib turganingizdek, aynan tabiiy gaz va neft mahsulotlarini qayta ishlash, ishlab chiqarish yoʻnalishida xotin-qizlar oʻrni nihoyatda muhimdir.

Shu sababli ham tizim korxonalari, zavodlarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar orasida sogʻlom turmush tarzi, chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, tibbiy xizmat sifatini doimiy yaxshilab borish masalalariga alohida eʼtibor berilgan.

“Oʻzbekneftgaz” AJ va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamkorligida, Jamiyat hamda uning tasarrufidagi 34 ta korxona, tashkilotlar tomonidan nafaqadagi faxriy ayollarga va ularning oilalarga moddiy yordam koʻrsatib kelinmoqda.

Korxonalar kesimida xotin-qizlar muammolari oʻrganilib, ularni hal etish boʻyicha takliflar ishlab chiqilmoqdda va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralari koʻrilib, bu haqda har oyning yakunida Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi raisi Personalni boshqarish departamenti bilan birgalikda “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisiga hisobot berib boradi.

Ishlab chiqarish va boshqa yoʻnalishlarda oʻz mehnati bilan hissa qoʻshib kelayotgan barcha xotin-qizlarning sayohat qilishlari uchun sharoitlar yaratilgan, birgina oʻtgan yilning oʻzida ular uchun Samarqand, Buxoro va Xiva tarixiy shaharlarga turlar amalga oshirildi.Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan gender tenglikni taʼminlashga va ayollarning ijtimoiy turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan ishlar davom ettiriladi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati